Suyuq shisha ushbu kapillyarlarni to‘ldiradi va beton ichida namlik to‘planishi imkoniyatini yo‘q qiladi. Bunday himoya usuli, ayniqsa, yer sathidan pastda joylashgan yoki suv bilan doimiy aloqada bo‘lgan konstruksiyalar uchun dolzarbdir. Ularga quyidagilar kiradi:
- poydevorlar;
- yopmalar (perekritiya);
- devor panellarining tutashgan joylari (stiklar);
- quduqlar;
- kanalizatsiya konstruksiyalari.
Tuproq bilan aloqa qilmaydigan elementlarda suyuq shisha betonning issiqlik va kislotaga chidamliligini oshiradi, uning mexanik mustahkamligini kuchaytiradi va eritmaning qotish jarayonini tezlashtiradi. Antiseptik va antistatik xususiyatlar materialning ekspluatatsion tavsiflarini to‘ldiradi.
Basseynlar qurilishida suyuq shishadan foydalanish majburiy hisoblanadi — u basseyn kosasini yemirilishdan himoya qiladi, suv sizib chiqish xavfini kamaytiradi va konstruksiyani sizot suvlarining ta’siridan qo‘shimcha ravishda asraydi.