RU | EN | UZ

QO‘LLANILISHI

Silikat materiallarining fizik-kimyoviy xususiyatlarining keng ko‘lami ularni turli sohalarda — fuqarolik va sanoat qurilishidan tortib, neftni qayta ishlash, metallurgiya va maxsus tarkiblar ishlab chiqarishgacha qo‘llash imkonini beradi.
  • Quyuv ishlab chiqarishi

  • Qurilish materiallari ishlab chiqarish

  • Gruntni mustahkamlash

  • Gidroizolyatsiya

  • Bo‘yoq tarkiblari va silikat bo‘yoqlar

  • silikat bo‘yoqlar

  • yuvish vositalari ishlab chiqarish

  • Sellyuloza-qog‘oz sanoati

More products
Promsteklotsentr suyuq shisha narxini 4 qadamda hisoblash
Sizga qanday suyuq shisha kerak?
*Select one or more options
Qiymatni litr, tonna yoki istalgan idishda (bochka, kanistra, evrokub) yozing.
Stekloluks O‘zbekiston bo‘ylab shaxsiy rivojlangan logistika infratuzilmasiga ega. Aholi punktini yozing va biz eng maqbul variantni tanlaymiz.
Sizga yetkazib berishning qaysi turi ma’qul?
Bog‘lanish uchun ma’lumotlaringizni yozing

«STEKLOLUKS» ishlab chiqaruvchisidan suyuq shisha sotib olish

Suyuq shisha — ko‘plab tarmoqlarda barqaror ishlab chiqarishni usiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan asosiy sanoat mahsulotidir. Yuqori funksionallikka ega bo‘lishi bilan birga, u iqtisodiy jihatdan foydali yechim bo‘lib qolmoqda, bu esa uni ommaviy va seriyali qo‘llash uchun maqbul tanlovga aylantiradi.

Suyuq shisha — belgilangan fizik-kimyoviy parametrlarga ega bo‘lgan natriy (zarurat bo‘lganda — kaliy) silikatlarining suvli ishqoriy eritmasidir. «Stekloluks» tarkibi, zichligi va silikat moduli qat’iy nazorat qilingan, sanoatda qo‘llash uchun mo‘ljallangan suyuq shisha ishlab chiqaradi.
Bog‘lovchi xususiyatlar — suyuq shishaning asosiy afzalligidir. Aynan shu xususiyatlari tufayli mahsulot qurilish, neft-gaz sohasi, metallurgiya va mashinasozlikda, shuningdek, shisha hamda sellyuloza-qog‘oz sanoatida keng qo‘llaniladi.

Payvandlash ishlab chiqarishida suyuq shisha elektrodlar va yoyli payvandlash uchun keramika flyuslari tarkibiy qismi (komponenti) sifatida ishlatiladi. Metallurgiyada esa — shixta va rudalarni briketlash hamda granulyatsiya qilishda foydalaniladi; bu jarayonlarda bog‘lamning barqaror mustahkamligi va issiqlikka chidamliligi muhim ahamiyatga ega.

Quyuv sanoatida silikat tarkiblari qolip va sterjen qorishmalarini tayyorlashda, press-qoliplar, sterjenlar hamda o‘zaklarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Yuqori issiqlikka chidamliligi (termik bardoshliligi) tufayli suyuq shisha, shuningdek, yopishishga qarshi bo‘yoqlar va qoplamalar tarkibida ham foydalaniladi.

Qurilishda silikat tarkiblari betonlar va sement qorishmalarining mustahkamligi, suvga chidamliligi va olovga bardoshliligini sezilarli darajada oshiradi, shu bilan birga materiallarga kislotaga chidamlilik xususiyatlarini baxsh etadi.
Alohida yo‘nalish — gruntlar va yo‘l asoslarini silikatlashdir. Suyuq shisha o‘zining yaqqol bog‘lovchi xususiyatlari hisobiga kuchsiz va suvga to‘yingan tuproqlarni samarali zichlaydi va ularning ko‘tarish qobiliyatini oshiradi.
Neft-gaz tarmog‘ida suyuq shisha quduq devorlarini mustahkamlash va suv bosishidan (obvodneniyadan) himoya qilish uchun qo‘llaniladi. Bu quduqni kam xarajat bilan va murakkab texnologik yechimlarsiz tezda barqarorlashtirish imkonini beradi.

Silikat tarkiblarining yana bir muhim xususiyati — korroziyaga qarshi himoyadir. Yuzaga surtilgandan so‘ng, korroziya va kimyoviy ta’sirga to‘sqinlik qiluvchi yupqa kremnezem pardasi hosil bo‘ladi.

Suyuq shishaning korroziyaga qarshi xususiyatlari ham maishiy tarkiblarda (yuvish va tozalash vositalari, suv quvurlari tizimlarini himoya qilish), ham sanoatda — qurilish materiallari va burg‘ilash qorishmalarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Suyuq shisha, shuningdek, suvni yumshatish uchun ham qo‘llaniladi. Metall ionlari bilan o‘zaro ta’sirlashganda ishqoriy-yer metallarining erimaydigan tuzlari hosil bo‘ladi, bu esa suvning qattiqligini pasaytiradi.

Ushbu texnologiya yuvish vositalari ishlab chiqarishda va sellyuloza-qog‘oz sanoatida — shu jumladan, sellyulozani pishirishda qozonlarni futerovka qilish (ichki sirtini himoya qatlami bilan qoplash) uchun ishlatiladi.

Qo‘shimcha afzalligi — suyuq shishaning natriy ionlari hisobiga pH darajasini ishqoriy tomonga sozlash qobiliyatidir. Bu xususiyat barqaror kimyoviy muvozanat talab qilinadigan jarayonlarda o‘ta muhimdir.

Ushbu effekt tozalash vositalarini ishlab chiqarishda ayniqsa faol qo‘llaniladi: yuqori ishqoriylik yog‘ va moylarning sovunlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, suyuq shisha sovunpazlikda hamyonbop va samarali to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi.

Silikat tarkiblari yordamida pH darajasini sozlash qog‘oz va to‘qimachilik mahsulotlarini oqartirishda, shuningdek, shishaga ishlov berish va uni markirovka qilish texnologik jarayonlarida ham qo‘llaniladi.
Shisha sanoatida silikat tarkiblari asosiy texnologik komponent hisoblanadi. Ular kvars qumlarini rangsizlantirish, varaqli (list) shishalarga kimyoviy ishlov berish (o‘yish) va shisha buyumlarni yelimlashda qo‘llanilib, jarayonlarning barqarorligi va boshqariluvchanligini ta’minlaydi.

Shisha shixtasini pechlarga yuklashda uning to‘zilishini (changishini) kamaytirish uchun briketlash usuli qo‘llaniladi. Bu uskunaning xizmat muddatini uzaytirish va shisha massasi tarkibining bir xilligiga (bir jinsliligiga) erishish imkonini beradi. Ushbu jarayonda suyuq shisha ishonchli bog‘lovchi sifatida ishlatiladi.

Silikat tarkiblarini qo‘llash hisobiga materiallarning foydalanish xarakteristikalari sezilarli darajada yaxshilanadi: mustahkamlik, namlikka chidamlilik va olovga bardoshlilik oshadi, bu esa sanoat ishlab chiqarishi uchun o‘ta muhimdir.
Suyuq shishaning 4 ta turi mavjud:
  • Natriyali
  • Kaliyali
  • Kaliy-natriyali
  • Natriy-kaliyali
Suyuq shishaning maqbul (optimal) turini tanlash texnologik jarayon natijasiga va tannarxiga bevosita ta’sir qiladi. Parametrlar soha tarmog‘i, uskunalar va foydalanish shartlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
«Stekloluks» mutaxassislari ishlab chiqarishning muayyan vazifalaridan kelib chiqib, suyuq shisha turi, silikat moduli va zichligini aniq belgilab beradilar.
Ariza qoldiring yoki qo‘ng‘iroq buyurtma qiling — siz real sanoat tajribasiga asoslangan professional maslahat va texnik tavsiyalarga ega bo‘lasiz.

Boshqa mahsulotlarBoshqa mahsulotlarBoshqa mahsulotlarBoshqa mahsulotlarBoshqa mahsulotlarBoshqa mahsulotlar

  • Texnik topshiriq asosida modulga ega qattiq xomashyo — suyuq shisha va sanoat qo‘shimchalari olish uchun asos. Saqlashga chidamli, tashish uchun qulay.
    Batafsil ma’lumot

Tijorat taklifini olish

Biz sizning ma’lumotlaringizdan faqat qayta aloqa o‘rnatish va taklif tayyorlash uchun foydalanamiz.
Made on
Tilda